2026 yilda dollar yana keskin pastlaydi – OAV
Olam
−
09:12 8583 2 daqiqa
2025 yil dollar uchun murakkab kechdi va investorlarning ko‘pchiligi 2026 yilda AQSH valyutasi yanada zaiflashishini kutmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Pastlashga global iqtisodiy o‘sishning tezlashishi hamda AQSH Federal zaxira tizimi tomonidan foiz stavkalarining pasaytirilishi sabab bo‘lishi mumkin. Markaziy banklar siyosatidagi tafovutlar ham dollarga bosim o‘tkazishi ehtimoli bor. Yevropa Markaziy banki esa stavkalarni hozirgi darajada saqlab qolishi kutilmoqda. Shu bilan birga, qisqa muddatda sun’iy intellektga bo‘lgan qiziqish va AQSH iqtisodiyotining o‘sishi dollarning vaqtincha mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin.
AQSH dollari uchun yil oxiri nisbatan barqarorlashuv belgilari bilan yakunlanmoqda, biroq aksariyat investorlar 2026 yilda u global iqtisodiy o‘sish va Federal zaxira tizimining yumshoq pul-kredit siyosati fonida zaiflashishda davom etishini prognoz qilmoqda.
Joriy yilda dollar asosiy valyutalar savatiga nisbatan 9 foizga qadrsizlandi. Bu so‘nggi sakkiz yildagi eng yomon natija bo‘ldi. Bunga Federal zaxira tizimi stavkalarni pasaytirishi haqidagi kutishlar, boshqa yirik valyutalar bilan foiz stavkalari farqining qisqarishi, shuningdek, AQSH byudjet tanqisligi va siyosiy beqarorlikka oid xavotirlar ta’sir ko‘rsatdi.
Tahlilchilarga ko‘ra, dollar boshqa yirik markaziy banklar qat’iy siyosatni saqlab qolayotgani yoki uni kuchaytirayotgani, shuningdek, Federal zaxira tizimi rahbariyatida bo‘ladigan o‘zgarishlar tufayli ham zaiflashishda davom etadi. Yangi rahbar yanada yumshoq siyosat yuritishi kutilmoqda.
Odatda zaxira tizimi tomonidan foiz stavkalarining pasaytirilishi dollarning qadrsizlanishiga olib keladi, chunki bu AQSH valyutasida ifodalangan aktivlarni xorijiy investorlar uchun kamroq jozibador qiladi va dollarga bo‘lgan talabni kamaytiradi.
So‘nggi oylarda biroz tiklanish kuzatilgan bo‘lsa-da, dollar indeksi sentyabrdagi minimumdan qariyb 2 foizga oshdi. Nashr tomonidan dekabr boshida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, tahlilchilar 2026 yilda AQSH valyutasining yanada zaiflashishini kutishda davom etmoqda.
Xalqaro hisob-kitoblar banki ma’lumotlariga ko‘ra, inflyatsiya hisobga olingan dollar real samarali almashuv kursi oktyabr oyida 108,7 ni tashkil etdi. Bu yanvardagi rekord daraja 115,1 dan past.
Ma’lumot uchun, Markaziy bank bugun, 23 dekabr kuniga nisbatan dollarning qiymatini 12 010,43 so‘m etib belgilagan.
Live
Barchasi