2026 yil boshidan beri 27 jurnalist yo‘q qilindi
Olam
−
02 may 1446 1 daqiqa
2026 yil boshidan buyon dunyo bo‘ylab kamida 27 nafar jurnalist halok bo‘ldi. Bu haqda Shveysariyada joylashgan Press Emblem Campaign tashkiloti ma’lumotida keltirilgan.
Ularning 17 nafari Yaqin Sharq hududida vafot etgan: 9 nafari Livanda, 6 nafari G‘azo sektorida, shuningdek bittadan jurnalist Eron va Suriyada halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, 2 nafardan jurnalist Meksika va Venesuelada o‘ldirilgan. Yana bittadan jurnalist Gvatemala, Bangladesh, Somali, Uganda, Hindiston va Filippinda halok bo‘lgan.
Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, 16 nafar jurnalistning o‘limi uchun Isroil javobgar hisoblanadi.
Mart oyida RT telekanali muxbiri Stiv Suini va uning operatori Ali Rida Sbeiti Livan janubida Isroil zarbasi oqibatida jarohat olgan. Telekanal xabariga ko‘ra, ular “Pressa” yozuvi tushirilgan maxsus jiletlarda bo‘lgan.
Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, keyinchalik operator videomurojaat orqali ularning holati yaxshi ekanini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Press Emblem Campaign – Jenevada joylashgan Shveytsariya nodavlat tashkiloti. U jurnalistlarni himoya qilish, ularning xavfsizligi va huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi, ayniqsa mojarolar, fuqarolik tartibsizliklari va xavfli missiyalarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 aprel kuni Isroilning Livanga hujumi oqibatida kamida 5 kishi, jumladan, 1 nafar jurnalist halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi