2025 yilga qadar 6750 o‘ringa ega 16 ta yotoqxona quriladi – Abduqodir Toshqulov

Jamiyat

0:00
0:00
download
TDYU talabasi o‘zi ishlaydigan qurilishda halok bo‘ldi north_east

TDYU talabasi o‘zi ishlaydigan qurilishda halok bo‘ldi

Bugungi kunda O‘zbekistonda qariyb 150 ming talabaning yotoqxonalarga ehtiyoji bor. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Oliy Majlis Quyi palatasidagi “Hukumat soati”da aytib o‘tdi.

“Hisob-kitoblarga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida qo‘shimcha yotoqxonalarga ehtiyoji bor talabalar soni 149,4 ming nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi 3 yilda o‘quv va yotoqxona binolariga talabni normallashtirish, oliy ta’limga yoshlar qamrovini oshirish maqsadida barcha imkoniyatlarni inobatga olib, OTMlarda sirtqi va kechki ta’lim shaklida ham talabalar o‘qishi yo‘lga qo‘yildi”, deydi vazir.

Unga ko‘ra, abituriyentlarga 5 ta ta’lim yo‘nalishini tanlashdek imkoniyatning berilishi talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyojni oshirib yuborgan. Vazir boshqa viloyatdagi OTMning sirtqi bo‘limiga kirgan talaba ham 1 oy bo‘lsada yotoqxonaga ehtiyoj sezayotganini ta’kidladi.

“OTM ochishga ehtiyoji bo‘lgan hududlarda faoliyati tugatilgan kollejlar binolaridan unumli foydalanish orqali mahalliy va xorijiy OTMlar filiallarini ochishga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan bir qatorda pandemiya vaqtida orttirilgan tajribadan kelib chiqib – yosh bolali, homilador xotin-qizlarga va ijtimoiy ahvoli og‘ir talabalarga darslarga onlayn qatnash imkoniyati yaratib berildi”, deydi Abduqodir Toshqulov.

Vazir Toshkent shahrida joylashgan OTMlarda, jumladan, Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan o‘ziga xos yondashuv hududlardagi mahallalar bilan o‘z faoliyati doirasida hamkorlik qilishi hamda talabalarga ijara joylarini tanlash masalasida amaliy ishlarning yo‘lga qo‘yilganini aytib o‘tdi.

“Yuqorida olib borilayotgan islohotlarning barchasi fuqarolarning doimiy yashash joyidan oliy ta’lim olishi uchun amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Andijon davlat universiteti va Chirchiq davla pedagogika institutlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan talabalar uchun yotoqxonalar qurish boshlanmoqda. Investitsiya dasturlari doirasida 2025 yilga qadar 6750 o‘ringa ega 16 ta yotoqxona qurish nazardaa tutilgan”, deydi Toshqulov.


Maqola muallifi

Teglar

talaba Abduqodir Toshqulov

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing