2025 yilda dunyo bo‘ylab qancha jurnalist halok bo‘lgani aytildi

Bu qiziq

image

2025 yilda dunyoning turli mintaqalarida 128 nafar jurnalist va ommaviy axborot vositlarining boshqa xodimlari halok bo‘lgan. Ularning 10 nafari ayollar. Bu haqda Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi (XJF) xabar berdi.

Aniqlashtirilishicha, ushbu statistikaga baxtsiz hodisalar oqibatida yuz bergan 9 ta o‘lim holati ham kiritilgan. Taqqoslash uchun: 2024 yilda dunyo bo‘yicha 122 nafar jurnalist halok bo‘lgan, shundan 14 nafari ayollar edi.

“2024 yil bilan solishtirganda ko‘rsatkichning oshgani jurnalistlar uchun xavotir darajasining eng yuqori bosqichga chiqqanini anglatadi”, deydi XJF rahbari Entoni Bellanjer.

Tashkilot rasmiylarning “OAV xodimlarini himoya qilish borasidagi doimiy muvaffaqiyatsizligi”ni qoralab, 2026 yilda zo‘ravonlik va jazosizlik aylanasiga barham berish uchun “zudlik bilan va qat’iy choralar ko‘rishga” chaqirgan.

Jurnalistlar o‘limi bo‘yicha statistikadagi tafovutlar

1990 yildan beri OAV xodimlarining o‘limi bo‘yicha statistikani yuritib kelayotgan XJF ma’lumotiga ko‘ra, shu davr mobaynida dunyo bo‘yicha jami 3173 nafar jurnalist halok bo‘lgan. Shuningdek, 2025 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 533 nafar jurnalist qamoqda saqlanmoqda. Ularning aksariyati – 143 nafari Xitoyda. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 516 nafar jurnalistni tashkil etgan.

XJF keltirgan jurnalistlar o‘limi statistikasi “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti ma’lumotlaridan farq qiladi. Ushbu NNT hisob-kitobiga ko‘ra, 2025 yilda dunyoda o‘z kasbiy faoliyatini bajarish chog‘ida 67 nafar OAV xodimi halok bo‘lgan. UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra esa bu ko‘rsatkich 93 nafarni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing