Toshkentda uch mingga yaqin aholi “svet”siz qoldi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi “110 kV L-D-Yu” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ xabar berdi.

Buning oqibatida Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlaridagi iste’molchilar qisman (jami 2 750 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda ushbu iste’molchilarni boshqa manbalardan elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilayotgani, ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanishi haqida ma’lum qilingan.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtinchaga to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing