2025 yil suv xo‘jaligida “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” bo‘ladi
Jamiyat
−
07 noyabr
23032025 yil suv xo‘jaligida “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” bo‘ladi. Bu haqda bugun, 7 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish masalalari yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda so‘z ochdi.
Qayd etilishicha, hozir respublikadagi 2,5 million gektar yerni sug‘orishga 1 ming 600 dan ziyod nasos stansiya yiliga 6,8 milliard kilovatt elektr sarflayapti. 2017 yilda 2 million gektarga 8,3 milliard kilovatt ishlatilar edi.
Xususiy sheriklik asosida tejamkor nasos va quyosh panellarini o‘rnatib, 20 foiz elektrni tejash mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga Jizzax va Namangan bosh nasos stansiyalarini shaffof va jozibador shartda xalqaro tenderga chiqarish topshirildi.
Shuningdek, yig‘ilishda fermer xo‘jaliklarida 1 ming 700 ta nasos yiliga 1 milliard kilovatt elektr sarflashi qayd etildi. Ularga elektr xarajati uchun bu yilgi byudjetda 170 milliard so‘m subsidiya reja qilingan edi. Kelgusi yil bunga yana 250 milliard so‘m ajratilmoqda.
Masalan, xorazmlik 92 nafar dehqon zamonaviy nasos o‘rnatib, elektrni 20 foiz tejayapti. Quyosh paneli o‘rnatish hisobiga ehtiyojidan ortgan elektrni davlatga sotib, oyiga qo‘shimcha 7-8 million so‘m daromad olyapti.
Xorazm tajribasini kengaytirish maqsadida elektr xarajati uchun subsidiyani nasoslarni yangilash va quyosh panellari o‘rnatishga bog‘lash kerakligi qayd etildi.
Ushbu tajriba asosida har yili 1000 tadan fermerni yangi tizimga o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
LiveBarchasi