Mirziyoyev suv xo‘jaligi mutasaddilariga e’tiroz bildirdi
Jamiyat
−
20 Oktabr 2023
11609O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning suv xo‘jaligidagi hozirgi vaziyatdan chuqur tashvishdaligini qayd etib, soha mutasaddilariga qattiq e’tiroz bildirdi. Bu haqda u bugun, 20 oktyabr kuni o‘zining raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.
Aytilishicha, so‘nggi ikki yilda suv xo‘jaligiga, jumladan suv tejovchi texnologiyalarga katta miqdorda subsidiya ajratilgan. Lekin o‘tgan yili iste’mol qilingan 39 milliard kub metr suvning 36 foizi tuproq o‘zanli kanal va ariqlarda yo‘qolgan.
Bundan tashqari, yerlarning 70 foizi eski usulda sug‘orilgani bois, 5-6 milliard kub metr suv behuda sarflanib, kollektorlarga tashlanayotgani aytilgan.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda 2,5 million gektar maydonni sug‘orish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 7 milliard kilovatt soat elektr sarflanadi. Lekin, 80 foiz nasoslar 35-40 yildan beri ishlatilib, o‘z resursini o‘tab bo‘lgan.
Videoselektor yig‘ilishida kanallarni beton qilish orqali yo‘qotishlarni kamaytirish, nasoslarni energiya tejamkoriga almashtirish, suv inshootlarida avtomatlashgan hisoblagich o‘rnatish yuzasidan topshiriqlar berilgan.
LiveBarchasi