2024 yilda Eron qatl bo‘yicha rekord qayd etdi

Olam

image

2024 yil Eronda oxirgi 30 yil ichida eng ko‘p odam qatl qilindi. Bu haqda “Amnesty International”ga tayanib, “Bild” xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan 2024 yil davomida ushbu mamlakatda 997 kishi qatl etilgan. Bu esa 2023 yilga nisbatan 16 foizga ko‘proq degani. 2024 yil oktyabr oyining o‘zida Eronda 170 kishi o‘limga hukm qilingan.

997 qatlning taqsimlanishi:

  • 941 erkak qamoqxonada,
  • 4 erkak ommaviy joylarda,
  • 34 ayol qamoqxonada,
  • 9 yosh qamoqxonada,
  • 9 siyosiy mahbus qamoqxonada o‘ldirilgan.

2024 yilda Eronda o‘lim jazosining ko‘plab holatlari narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qo‘llangan bo‘lsa, shunga qaramay, dissidentlar va 2022 yilgi namoyishlarda ishtirok etganlarga nisbatan ham qatl hukmlari ijro etilgan. Bundan tashqari, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk qatl qilingan ayollar soni ortib borayotganini ham ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronda yildan yilga o‘lim jazosini ijro etish holatlari ortib borayotgani tashvishli.

“Eronda qatl hukmlarining doimiy ortib borishi orqaga qaytishi zarur. O‘lim jazosi asosiy inson huquqi bo‘lgan yashash huquqiga zid va begunoh insonlarning hayotiga juda katta xavf tug‘diradi”, dedi Tyurk.

Uning fikricha, xalqaro huquq doirasida himoya qilinadigan xatti-harakatlar uchun qatl jazosi qo‘llanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuningdek, Tyurk Tehronni o‘lim jazosini yakuniy bekor qilish maqsadida moratoriy joriy etishga chaqirdi. Ushbu cheklov yoki moratoriy hozirda dunyodagi taxminan 170 davlatda amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoniga giyohvand moddalarni olib kirishga urinishda ayblangan olti nafar Eron fuqarosi qatl etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron qatl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing