2024 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgan?

Jamiyat

image

2024 yilda sotilgan eng qimmat avtoraqamning qiymati 965,3 mln so‘mni tashkil qildi. Bu haqda “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda 195 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn auksionlar orqali sotilgan. Sotilgan avtoraqamlarning 97 foizi jismoniy shaxslar, 3 foizi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 965,3 mln so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan davrda birja orqali umumiy qiymati 875,9 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan qariyb 64,3 mingta “yashil sertifikatlar” sotilgan. Birjada savdo ishtirokchilari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ikki tomonlama qarama-qarshi auksion ishga tushirilgan.

“Ikki tomonlama qarama-qarshi auksion birjaning savdo rejimi bo‘lib, bozor narxlarini aniqlashning yanada samaraliroq usuli hisoblanadi. Mazkur savdo rejimida ikki tomon bir vaqtning o‘zida o‘z narx takliflarini berishlari mumkin. Buning natijasida raqobat nafaqat xaridorlar, balki sotuvchilar o‘rtasida ham kuchayib boradi. Birja savdosining yangi rejimi birja savdolari samaradorligini oshirish va tovar bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

avto raqam eng qimmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar