2024 yil Rossiyadan 80 mingdan ortiq migrant haydab chiqarildi

Olam

image

2024 yilda migratsiya qoidalarini buzganligi uchun Rossiyadan 80 mingdan ortiq migrant majburiy tarzda chiqarib yuborilgan. Bu haqda Rossiya Federal ijroiya xizmatiga (FSSP) tayanib, TASS xabar berdi.

2024 yil dekabr holatiga ko‘ra, sud qarorlari asosida Rossiyadan 80 mingdan ortiq xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar chiqarib yuborilgan. 2023 yil davomida esa 44,2 mingdan ortiq xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 60 davlatga chiqarib yuborilgan. Shu kabi 2022 yil 26,6 mingdan ortiq xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 47 davlatga chiqarilgan. Shuningdek, Rossiyaning bosh sud ijrochisi Dmitriy Aristov 2017-2022 yillar orasida  Rossiyadan 200 mingdan ortiq migrantlar migratsiya qonunchiligini va mehnat faoliyatini buzganligi sababli chiqarib yuborilganini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Moskva shahri va viloyatidan 2024 yilda 23 ming migrant chiqarib yuborilgan. Ular sud tomonidan Rossiya Ma’muriy kodeksining 18.8-moddasi (Rossiyaga kirish yoki unda yashash tartibini buzish) bo‘yicha huquqbuzarlik sodir etgan deb topilgan va endi ular kelgusi besh yil davomida Rossiyaga qaytish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada noqonuniy yashayotgan migrantlar 2025 yilning 30 apreligacha mamlakatni tark etishi yoki huquqiy holatini tartibga solishi kerakligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing