2024 yil insoniyat uchun rekord darajada issiq kelishi mumkin

Bu qiziq

image

2024 yil tarixdagi eng issiq va eng quruq yil bo‘lishi mumkin. Bu haqda klimatolog Adam Skayfning prognozlariga tayanib, “The Guardian” nashri xabar berdi.

Bu Tinch okeanidagi suvning sirt qatlami haroratining tabiiy o‘zgarishi bo‘lgan – El-Nino hodisasi tufayli sodir bo‘ladi. 

Bu yil 2022 yildan issiqroq bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Ammo  El-Nino shimoliy yarimsharda qishda sodir bo‘ladi va uning issiqlik ta’sirini his qilish uchun bir necha oy kerak bo‘ladi. Ya’ni 2024 yilda yangi global harorat rekordini o‘rnatish ehtimoli ancha yuqori.

Ta’kidlanishicha, global harorat Selsiy bo‘yicha 1,5 darajaga ko‘tarilishi mumkin. Mazkur hodisaning sodir bo‘lish ehtimoli esa 50 foiz deb baholanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

issiq 2024 yil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing