2023 yilda Putin maxfiy farmonlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Olam
−
03 yanvar
5501Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan 2023 yilda imzolangan farmonlarning yarmi maxfiy bo‘lib chiqdi. Bu haqda o‘z hisob-kitoblariga tayanib, “Mediazona” tahririyati xabar berdi.
Nashr Putinning qancha farmoni rasmiy huquqiy axborot portalida chop etilmaganini hisoblab chiqdi. 2023 yilda bunday hujjatlar ulushi 49,5 foizni tashkil etgan. Bu farmonlar e’lon qilinganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, rekord ikkinchi yil ketma-ket o‘rnatildi: 2022 yilda maxfiy farmonlar ulushi 45 foiz bo‘lgan.
“Mediazona”ning ta’kidlashicha, odatda maxfiy farmonlar, jumladan, harbiy xizmatchilarni mukofotlash, koloniyalar va qamoqxonalardan urushga jalb qilingan mahkumlarni afv etish uchun ishlatiladi.
Ukrainaga bostirib kirishdan oldin, Rossiya Prezidenti tomonidan chiqarilgan eng ko‘p maxfiy farmonlar 2001 yilda, Ikkinchi Chechen urushi paytida imzolangan. O‘shanda bunday hujjatlarning 47 foizi yashirilgan.
LiveBarchasi