2023 yilda Netflix odamlarning qancha vaqtini “o‘g‘irlagani” ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
15 dekabr 2023
6425Netflix striming xizmati ilk bor o‘zining minglab shou va filmlarini tomosha qilish haqidagi batafsil ma’lumotlarini e’lon qildi.
2023 yilning birinchi yarmiga oid ma’lumotlarga ko‘ra, yanvardan iyungacha tomoshabinlar Netflix da filmlar va seriallarni tomosha qilish uchun jami 100 milliard soatga teng qimmatbaho vaqtini sarflagan.
Reytingga 18 ming media mahsulotlarining nomi kiritilgan bo‘lib, ularning har biri foydalanuvchilar tomonidan 50 ming soatdan ko‘proq ko‘rilgan.
Belgilangan davr mobaynida platformada “Tungi agent" seriali yetakchi bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 812 million soatdan ortiq tomosha qilingan. Shuningdek “Wednesday”, “You” va “The Bridgertons” kabi seriallari ham bu borada yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan.
Kompaniyaga ko‘ra, platformada ingliz tilida bo‘lmagan serial va filmlar ham mavjud bulib, ular kontentning qariyb 30 foizini tashkil qiladi. Ular orasida koreys va ispan tilidagi kartinalar yetakchilik qilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr