2022 yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

•    barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 3 yanvar - dushanba, 22 mart - seshanba, 23 mart - chorshanba, 11 iyul - dushanba, 2 sentyabr - juma;

•    olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4 yanvar - seshanba, 4 may - chorshanba, 5 may - payshanba, 12 iyul - seshanba, 3 sentyabr - shanba va 31 dekabr - shanba.

Shuningdek, 2022 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari qo‘yidagi tartibda ko‘chirildi:

•    8 yanvar - shanba kunidan 4 yanvar - seshanba kuniga;
•    7 may - shanba kunidan 4 may - chorshanba kuniga;
•    14 may - shanba kunidan 5 may - payshanba kuniga;
•    16 iyul - shanba kunidan 12 iyul - seshanba kuniga.


Maqola muallifi

Teglar

farmon

Baholaganlar

793

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing