2022 yilda Samarqandda 3 ta GES quriladi 

Jamiyat

image

Joriy yilda Samarqand viloyatida 3 ta yangi gidroelektr stansiyasi quriladi. Bu haqda “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan. 

Qayd etilishicha, joriy yilda gidroenergetika sohasida umumiy quvvati 173 MVt bo‘lgan 7 ta loyiha ishga tushiriladi.

Xususan, 2022 yilda gidroenergetika sohasida quyidagi loyihalar amalga oshiriladi:

•  Samarqand viloyatida 3 ta yangi gidroelektr stansiyalar quriladi;

•  Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi mavjud 4 ta gidroelektr stansiya modernizatsiya qilinadi.

Buning natijasida 173 MVt yangi quvvatlar yaratilib, O‘zbekiston gidroelektr stansiyalarining umumiy quvvati 2 225 MVtga yetkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

GES

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing