2022 yilda paxta teruvchilarga qancha haq to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilda qo‘lda terilgan 1 kg. paxta uchun 1500 so‘m to‘lanadi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Viloyat qishloq xo‘jaligi mas’ullarining ma’lumot berishicha, joriy yilgi terim mavsumida qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun 1-terimda 1500 so‘mdan, 2-terimda esa 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lash belgilangan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun 1-terimda 1200 so‘mdan, 2-terimda 1500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lash belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

paxta

Baholaganlar

866

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing