2022 yilda g‘alla uchun minimal narx e’lon qilindi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2021
16678Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 2022 yil kutilayotgan minimal narx 1 tonna g‘alla hosili uchun 2,5 mln so‘m bo‘lishini e’lon qildi.
Vazirlikning qayd etishicha, Jahon bozori hamda mintaqaviy tovar birjalaridagi g‘alla xarid narxlari tahlil qilindi va mahalliy xarajatlarni inobatga olgan holda kelgusi 2022 yil g‘alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlar ishlab chiqilgan.
“Mazkur minimal narx tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, g‘alla yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi sub’ektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida g‘alla xarid narxlarini o‘zaro manfatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilaydilar”, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabarida.
Shuningdek, bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda kutilayotgan minimal narxga tuzatishlar kiritiladi.
LiveBarchasi