Gulnora Karimovaning qizi bobosi bilan vidolashishga ruxsat berilmaganini aytib chiqdi

Jamiyat

image

Kecha, 2 sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etgan kun munosabati bilan xotirlash marosimi o‘tkazildi.

Islom Karimovning nabirasi, Gulnora Karimovaning qizi Imon Instagram’dagi sahifasida bobosi vafot etgan kunni xotirlab post qoldirdi. Ahamiyatlisi, u Bobosini so‘nggi bor sog‘lom holatda, tennis o‘ynayotganda ko‘rganini aytgan.

“Men sizni so‘nggi bor ko‘rgan vaqtimni eslayman, siz tennis o‘ynayotgan edingiz. Men siz boshqa biz bilan emasligingiz haqida eshitganimni ham eslayman. Men televideniyeda e’lon qilishmaguncha bunga ishonmaganman”, deydi Imon Karimova.

U so‘zida davom etib, bobosi bilan xayrlashish uchun imkon berishmaganini, ammo bular haqida ko‘p ham gapirishni xohlamasligini aytib o‘tgan.

“Men ko‘p gapirishni xohlamayman, chunki bu hech qachon yetarli bo‘lmaydi va hech nimani o‘zgartirmaydi. Men faqatgina siz bilan munosib xayrlashishga ruxsat berishmaganidan afsusdaman. Siz doim qalbimizdasiz. Biz sizni faqat bugun xotirlamaymiz, balki har kuni. Siz bizga bir vaqtda ham ota, ham bobo edingiz va siz bilan hech qachon zerikmaganmiz. Bolalik uchun sizga rahmat!”, degan Imon.

Ma’lumot uchun, Karimovlar oilasining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 2013 yildan buyon jinoyatlari uchun javob bermoqda. U ayni vaqtda hibsda. Oilaning kenjasi Lola Karimova-Tillyayeva esa turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev va farzandlari bilan AQSHga ko‘chib o‘tgan. Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imon esa ayni vaqtda Londonda tahsil olmoqda. Karimovlar oilasidan faqat Tatyana Karimova O‘zbekistonda istiqomat qilmoqda. U Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va Karimov nomidagi Respublikasi jamoat fondi faoliyatini yuritishda bosh-qosh.

Oila farzandlari o‘rtasida munosabatlar ham ko‘ngildagidek emas. Xususan, Lola Karimova 2013 yilda xalqaro ommaviy axborot vositalaridan biriga bergan intervyusida opasi Gulnora Karimova bilan 12 yildirki munosabatlari yaxshi emasligini aytgan.

Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov esa 2016 yilda OAVga intervyu berib, onasi va xolasi Lola Karimova o‘rtasidagi ziddiyatlarda marhum bobosini ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Imon Karimova

Baholaganlar

2873

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing