2022 yilda aholi jon boshiga YAIM 2 ming dollardan oshishi “plan” qilindi

Jamiyat

image

2022 yildagi yalpi ichki mahsulot hajmi 839 trln 989,5 mlrd so‘mni yoki 74,2 mlrd dollarni, uning aholi jon boshiga miqdori 23,8 mln so‘mni yoki 2,1 ming dollarni tashkil etishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Hisob palatasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi va 2022 yil uchun byudjetnoma bo‘yicha bergan xulosasida qayd etilgan.

2022 yilda YAIMning real o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

Prognoz qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmining tarkibida qo‘shilgan qiymat miqdori 778 trln 153,6 mlrd so‘mni (YAIMning 92,6 foizi) hamda mahsulotlar va eksport-import operatsiyalari hisobidan olingan sof soliqlar tushumi 61 trln 865,9 mlrd so‘mni (7,4 foiz) tashkil etmoqda.

Tarmoqlar kesimida qo‘shilgan qiymatning eng katta ulushi (35,8 foiz) xizmatlar ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri kelib, ushbu tarmoq bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymat hajmi 300 trln 351,0 mlrd so‘mni tashkil etishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich sanoat bo‘yicha 217 trln 683,5 mlrd so‘m (25,9 foiz), qurilish bo‘yicha 52 trln 516,3 mlrd so‘m (6,3 foiz) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi bo‘yicha 207 trln 602,8 mlrd so‘m (24,7 foiz) miqdorida bo‘lishi kutilmoqda.

Kutilayotgan real o‘sish miqdori qurilish bo‘yicha 8,1 foizni, sanoat bo‘yicha 7,0 foizni, xizmatlar bo‘yicha 6,5 foizni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi bo‘yicha 3,1 foizni hamda mahsulotlar va eksport-import operatsiyalari hisobidan olingan sof soliqlar 7,4 foizni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YaIM

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing