2022 yilda 6 ta viloyatda texnoparklar ochiladi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etib, nutq so‘zlamoqda.

Prezident nutqi davomida joriy yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston, Andijon, Samarqand, Sirdaryo va Navoiyda yoshlar texnoparklari foydalanishga topshirilishini aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, kelgusi yili Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Xorazm va Surxondaryoda ham shunday texnoparklar barpo etiladi.

“Yoshlarning startap g‘oyalarini saralab olishning ochiq-oshkora tizimi yo‘lga qo‘yilib, eng yaxshi loyihalarni moliyalashtirishga kelgusi yilda byudjetdan 100 milliard so‘m mablag‘ ajratamiz.

Viloyat hokimlari yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap loyihalari tanlovini joriy etib, har bir tumandan kamida uchtadan g‘oliblarga mahalliy byudjetdan grantlar berib boradi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, bitta grantning summasi o‘rtacha 50 million so‘mni tashkil etadi.

Avvalroq, talabalarga ta’lim kreditini 7 yil muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng foizda berish tartibi joriy qilinishi haqida xabar bergan edik.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev texnopark

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing