2021 yildan Toshkent jamoat transportlarida naqd pul o‘tmasligi mumkin
Jamiyat
−
10 dekabr 2020
60202021 yil yanvar oyidan boshlab Toshkent shahrida jamoat transportlaridan foydalanganda naqd pul orqali to‘lov qilish tizimini bekor qilish rejalashtirilmoqda.
“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, naqd pul o‘rnini yagona transport kartasi egallaydi.
Shuningdek, qog‘oz shaklidagi oylik yo‘l chiptalari ham bekor qilinadi. Alohida imtiyozga ega shaxslar, talabalar va o‘quvchilar uchun huddi shu turdagi kartalar joriy etiladi.
LiveBarchasi