2021 yilda O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashni davom ettiradi
Jamiyat
−
29 Dekabr 2020 4252 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2021 yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish asosiy ijtimoiy vazifalardan biri bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murlojaatnomasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlariga kelgusi yil byudjetida 3 trillion so‘m zaxira shakllantirildi.
Ushbu mablag‘lar hisobidan aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari ham amalga oshiriladi.
Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari va ularning filiallari o‘rtasida telemeditsina yo‘lga qo‘yiladi.
Barcha tibbiyot muassasalarida masofaviy xizmatlarni ko‘paytirish, poliklinika va kasalxonalarni elektron ish yuritishga o‘tkazish choralari ko‘riladi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati sifatini oshirish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga 200 million dollar yo‘naltiriladi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr