2021 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari to‘g‘risidagi farmon muhokamaga qo‘yildi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2020
12960O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
2021 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanishi mumkin:
• 2 sentyabr-payshanba;
• 3 sentyabr-juma.
2021 yilda dam olish kuni 27 mart-shanba, 22 mart-dushanba kuniga ko‘chiriladi.
2021 yil 2 yanvar-shanba, 4 sentyabr-shanba va 22 mart-dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanadi.
Byudjet tashkilotlarida qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi.
Har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qo‘shimcha dam olish kuni qo‘shiladi.
Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
LiveBarchasi