Qancha o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgani e’lon qilindi

Jamiyat

image

2021 yilda 31,9 ming o‘zbekistonlik Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini oldi. Umumiy hisobda esa Rossiya fuqaroligini olganlar soni joriy yilda o‘tgan yilga qaraganda 8,9 mingga ko‘p bo‘ldi. Bu haqda “FinExpertiza” tahlil markazi hisobotida aytilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yilda jami 735,4 ming kishi Rossiya fuqaroligini olgan bo‘lib, o‘zbekistonliklar ularning 4,3 foizini tashkil etgan. 

Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olgan xorijliklarning 376 mingi ukrainalik (Donetsk va Lugansk xalq respublikalari aholisi), 103,7 minggi tojikistonlik, 49,9 mingi qozog‘istonlik, 46,9 mingi armanistonlik, 31,9 mingi o‘zbekistonlik, 30,8 mingi ozarbayjonlik, 23,7 mingi moldaviyaliklar va 19,2 mingi qirg‘izistonlikdir.

G‘arb mamlakatlaridan Rossiya fuqaroligini olganlar ko‘p emas. 2021 yildan e’tiboran, Germaniyaning 481 fuqarosi, AQSHning 388 fuqarosi, Italiyaning 226 fuqarosi, Gretsiyaning 183 fuqarosi, Fransiyaning 167 fuqarosi, Buyuk Britaniyaning 99 fuqarosi endi rossiyalik hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bir shaxs ham O‘zbekiston, ham boshqa davlat fuqaroligida yurishi mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

865

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing