2021 yilda inflyatsiya darajasi qancha bo‘ladi?

Jamiyat

image

Joriy yil yakuniga qadar O‘zbekistonning inflyatsiya darajasi 11,0-11,5 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. 2019 yilda ushbu ko‘rsatkich 15,2 foizni tashkil etgandi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021 yil uchun byudjet loyihasida inflyatsiya darajasining o‘tgan yildagidan pasayish sabablariga to‘xtalib o‘tgan. 

Qayd etilishicha, inflyatsiya darajasi 2019 yilga nisbatan pasayishi bir qator omillar bilan bog‘liq. Bular:

•    iqtisodiy faollikning pasayishi;
•    iste’mol tovarlari va birlamchi tovarlarga talabning oshishi;
•    kredit qo‘yilmalari va pul massasi hajmining ortishi hamda milliy valyutaning devalvatsiyasi.

Byudjet loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda va kelgusi ikki yilda inflyatsiya darajasi 8-11% (2021 – 9-10%, 2020 – 10-11%, 2023 – 7-8%) darajada bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, tugab borayotgan yilning yanvar – oktyabr oylarida inflyatsiyaning eng yuqori darajasi poytaxt Toshkentda qayd etildi. 

Umuman olganda, joriy yilning yanvar – oktyabr oylarida respublika bo‘yicha inflyatsiya darajasi 7,8 foizni tashkil etgan.

Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishi (10 foiz) umumiy inflyatsiya darajasidan yuqori, nooziq-ovqat tovarlari (6,9 foiz) va ixizmatlar narxlari o‘zgarishi (5,2 foiz) esa past darajada shakllangan. 

Yilning yanvar-oktyabr oylarida, Toshkent shahrida narxlar o‘rtacha 10,9 foizga, Toshkent viloyatida 8,2 foizga, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida mos ravishda 8,1 va 8 foizga oshib, respublika umumiy ko‘rsatkichidan yuqori shakllangan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida inflyatsiya respublika ko‘rsatkichidan pastroq darajada shakllangan. 

Umuman olganda, oktyabr oyida yillik inflyatsiya darajasi 11,5 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga (16,3 foiz) nisbatan 4,8 foiz bandga sekinlashgan. Yillik inflyatsiya darajasining pasayishi, asosan, 2019 yilning avgust oyidagi tartibga solinadigan narxlar oshirilishi ta’sirlarining tugab borishi bilan izohlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

2021 yil byudjet loyihasi inflyatsiya darajasi

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing