2021 yilda dunyoni qanday xavflar kutmoqda? 

Olam

image

“Eurasia Group” konsalting kompaniyasi tahlilchilari 2021 yilning asosiy xatarlari reytingini tuzdi. Bu haqda kompaniya veb-saytida xabar berilgan. 

Reytingda birinchi o‘rinni AQSH egallagan. Bunga sabab qilib, mamlakatning saylangan Prezidenti Jo Bayden hokimiyatga kelishi bilan AQSH aholisining taxminan yarmi har bir keyingi Prezidentni noqonuniy, deb hisoblaydigan davr boshlanishi ko‘rsatilgan. 

Qayd etilishicha, COVID-19 pandemiyasi 2021 yil uchun ikkinchi katta xavf hisoblanadi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, koronavirusga qarshi emlash jamiyatni boy va kambag‘al tabaqaga bo‘linishiga olib keladi. 

Reytingda uchinchi o‘rinni iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash egallagan. Xabarga ko‘ra, bu xalqaro raqobatni yuzaga keltiradi.

Avvalroq, 2021 yilda dunyoda ob-havo oldingi yillarga qaraganda sovuqroq bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh pandemiya

Baholaganlar

1640

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing