2021 yil uchun alkogol mahsulotlarini sotish huquqi uchun yig‘im miqdori kamaytiriladi

Jamiyat

image

2021 yilda alkogolli mahsulotlari chakana sotish huquqi uchun undiriladigan yig‘im miqdorlari tasdiqlandi. Kelgusi yilda stavkalar nafaqat mintaqalar bo‘yicha, balki yig‘im to‘laydigan sub’ektlar bo‘yicha ham tabaqalashtiriladi.

2021 yil uchun alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun yig‘imning umumbelgilangan stavkalari quyidagicha belgilanadi:

•    Toshkent shahrida 2020 yilgi darajada saqlab qolinadi – oyiga 1 200 000 so‘m;
•    Nukus shahri, viloyat markazlaridagi shaharlarda – oylik to‘lov 1 mln so‘mdan 840 ming so‘mgacha kamaytiriladi (-16 foiz);
•    boshqa shaharlarda – oylik to‘lov 800 ming so‘mdan 600 ming so‘mgacha kamaytiriladi (-25 foiz);
•    boshqa aholi punktlarida – oylik to‘lov 600 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha kamaytiriladi (-50 foiz).

2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda yig‘im to‘lashdan ozod qilingan umumiy ovqatlanish korxonalari 2021 yilda yig‘imni belgilangan miqdorlardan 50 foizga pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha to‘laydilar. Ya’ni bir oylik to‘lov Toshkent shahrida – 600 ming so‘m, Nukus shahri, viloyat markazlaridagi shaharlarda– 420 ming so‘m, boshqa shaharlarda – 300 ming so‘m, boshqa aholi punktlarida – 150 ming so‘m.


Maqola muallifi

Teglar

alkogol'

Baholaganlar

166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing