2021 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari soni ko‘paytirilmoqda
Jamiyat
−
12 mart 2021
22526O‘zbekiston Prezidentining “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga o‘zgartirish kiritilmoqda. Tegishli hujjat loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Farmon loyihasida, 2021 yilda 14 may—juma va 31 dekabr —juma kunini ham qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilash taklif qilinyapti.
Shuningdek, 17 iyul — shanba kuni 21 iyul — chorshanba kuniga, 24 iyul — shanba kuni 22 iyul - payshanba kuniga ko‘chiriladi.
Bundan tashqari, 15 may - shanba, 21 iyul - chorshanba, 22 iyul – payshanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.
LiveBarchasi