2021 yil uchun abituriyentlarga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Jamiyat

image

2020-2021 o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Saytda keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta’lim fanlari bo‘yicha Davlat test markazining Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan.

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, darsliklar ro‘yxatini Davlat test markazi rasmiy saytidan tegishli fan va tilni tanlagan holda olish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Abiturient Darslik

Baholaganlar

469

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing