2020 yilning ikkinchi yarmida qayta moliyalash stavkasi tushiriladi – MB raisi

Jamiyat

image

2020 yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda qayta moliyalash stavkasi tushiriladi. Bu so‘nggi bir necha yil ichida birinchi marta amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov Pul-kredit siyosatining 2020-2022 yillar uchun mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

"2020 yilda Prezidentimiz belgilab bergan inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha "Yul xaritasi"dagi vazifalarni amalga oshiradigan bo‘lsak, men o‘ylaymanki, 6 oydan keyin asosiy foiz stavkamiz pasayadi. Bu kreditlar bo‘yicha ham, depozitlar bo‘yicha xam, albatta, o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Maqsadimiz ham shu. Iqtisodiyotni rivojlanishi uchun, muqobil bozor narxlarida mablag‘ yetkazib berish, mablag‘ bilan ta’minlash", deydi Markaziy bank raisi.

Ma’lumot uchun, ayni damda O‘zbekistonda qayta moliyalash stavkasi 16 %ni tashkil etmoqda. 2015 yildan buyon O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatgich faqat oshirib kelinayotgan edi.

Qayta moliyalash stavkasi davlat moliya tizimini boshqarishda kuchli vosita hisoblanadi. Uning yordamida iqtisoddagi pul miqdorini kamaytirish yoki ko‘paytirish mumkin. Shuningdek inflyatsiyani jilovlash yoki aholi xarid qilish imkoniyatini oshirish ham mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank Mamarizo Nurmuratov

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing