2020 yildan boshlab bojxona yuk deklaratsiyasida o‘zgarish bo‘ladi

Jamiyat

image

2020 yildan boshlab bojxona yuk deklaratsiyasida tovar qaysi soha uchun olib kirilayotganini ko‘rsatish lozim. Buning uchun maxsus Tasniflagich tasdiqlandi. Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga bu va boshqa tuzatishlar kiritildi. Ular 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
 
Birinchidan, BYUDning 31-grafasida TIF TNning muayyan tovar pozitsiyalari bo‘yicha texnologik asbob-uskunalarning qaysi soha uchun olib kirilayotganligi uchta raqamdan iborat kodi ko‘rsatiladi (ularning aniq ro‘yxati keltirilgan). Buning uchun “Asosiy sohalar tasniflagichi” tasdiqlandi (Yo‘riqnomaga 16-ilova). U har biriga 001 dan 025 gacha kod berilgan 25 ta pozitsiyani o‘z ichiga olgan.  Agar tovar olib kirilayotgan soha “Asosiy sohalar tasniflagichi”da belgilanmagan bo‘lsa, “000” kodi ko‘rsatiladi.
 
Ikkinchidan, BYUDning xuddi shu 31-grafasida hozirgi vaqtda olib kirilayotgan tovar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bir qatorda, 2020 yildan boshlab investitsiya dasturi doirasida olib kiriladigan, shu jumladan investitsiya dasturiga kiritilgan yoki hukumat yoki viloyat hokimliklari qarorlariga asosan realizatsiya qilinayotgan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Axborot investitsiya loyihasini amalga oshirish shartlari va moliyalashtirish manbalariga to‘g‘ri keladigan yettita uchta raqamdan iborat kodlardan birini qo‘yish yo‘li bilan kiritiladi. Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lmagan tovarlarni olib kirishda “000” kodi ko‘rsatiladi.
 
Uchinchidan, har bir viloyat bo‘yicha tumanlar (shaharlar) nomini o‘z ichiga olgan va ularga yettita raqamdan iborat kod berilgan hududlar ro‘yxati Tasniflagichi tasdiqlandi. Ushbu kodlar quyidagi ma’lumotlarda majburiy tartibda ko‘rsatilishi kerak:

• tovarlar eksport/import bojxona rejimiga joylashtirilayotganda yuk jo‘natuvchi/yukni qabul qiluvchi to‘g‘risida (BYUDning 2, 8-grafalari);
• import yoki eksportda moliyaviy tartibga solish uchun javobgar bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida (BYUDning 2-grafasi);
• tovarlarni deklaratsiyalayotgan ishlab chiqaruvchilar/iste’molchilar to‘g‘risida. Buning uchun BYUDning 31-grafasining pastki chap burchagi alohida ajratilgan maydoncha bilan to‘ldirildi. Kod STIR va “/” belgisi ko‘rsatilgandan keyin qo‘yiladi. Agar deklaratsiyalanayotgan tovarning ishlab chiqaruvchisi/iste’molchisi noma’lum yoki ular bir nechta bo‘lsa, tovarni jo‘natuvchi/qabul qiluvchining hududi kodi qo‘yiladi.
 
Hudud kodi yuridik manzili yoki jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili bo‘yicha ko‘rsatiladi.
 
To‘rtinchidan, agar tovarlar eksportchisi/importchisi va ularni jo‘natuvchi/qabul qiluvchi turli shaxslar bo‘lsa hamda eksportchi/importchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar BYUDning 9-grafasida ko‘rsatilmagan taqdirda 2-grafaga ma’lumotlar kiritish tartibi aniqlashtirildi. Bu holda avval jo‘natuvchi/qabul qiluvchining qisqacha nomi, uning joylashgan yeri (yuridik manzili) va telefon raqami, so‘ngra – eksportchi/importchining (tovarni jo‘natish yoki qabul qilib olish to‘g‘risida topshiriq bergan shaxsning) qisqacha nomi va joylashgan yeri ko‘rsatiladi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

bojxona yuk deklaratsiyasi

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing