2020 yilda o‘zbekistonliklar sayohat qilish uchun qayerlarga borgani aytildi

Jamiyat

image

2020 yilda turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni 2 mln kishini tashkil qildi. Bu raqamlar Davlat statitika qo‘mitasining tegishli hisobotida keltirilgan.

2019 yilga taqqoslanganda bu ko‘rsatkich 76,3 foizga kamaygan. Bunda ketganlarning umumiy sonida bir kishi bir necha marta hisoblanishi mumkin va bu alohida holat sifatida hisobga olinadi.

Turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolarining 54,2 foizini erkaklar, 45,8 foizini ayollar tashkil etdi.

Chet elga ketgan fuqarolarning asosiy qismi, ya’ni 47,4 foizi Qirg‘izistonga (947,7 ming kishi), 26,0 foizi Qozog‘istonga (520,3 ming kishi), 15,0 foizi Tojikistonga (299,5 ming kishi), 3,1 foizi Turkiyaga (62,7 ming kishi) va 2,7 foizi Rossiyaga (53,2 ming kishi) borgan.

O‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, ularning 84,7 foizi o‘z qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida, 7,9 foizi bo‘sh vaqt va dam olish maqsadida, 5,4 foizi o‘qish maqsadida, 1,2 foizi xizmat yuzasidan va 0,8 foizi davolanish maqsadida ketgan.

Bu davrda xorijga ketgan sayyohlarning yoshi bo‘yicha taqsimlanganda, ularning 47,6 foizi 31-55 yoshlilar, 32,4 foizi 19-30 yoshlilar, 14,1 foizi 56 yosh va undan kattalar va 6,9 foizini 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

turizm statistika

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing