2020 yilda O‘zbekistonda necha kishi o‘lgani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
18 yanvar 2021
21031O‘zbekistonda 2020 yilda 175,6 mingta o‘lim holati qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita hisobotida ta’kidlanishicha, har 1000 aholiga o‘lim koeffitsiyenti 5,1 promilleni tashkil etgan hamda 2019 yilga nisbatan 0,5 promillega oshganligi kuzatildi (2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 4,6 promille bo‘lgan).
2020 yilda qayd etilgan o‘lim holatining 60,0 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8 foizi – o‘simtalardan, 7,2 foizi – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,4 foizi – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,4 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,4 foizi – yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,6 foizi – boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Ro‘yxatga olingan bir yoshgacha vafot etgan bolalarning 58,2 foizi - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,3 foizii - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 10,7 foizi – tug‘ma anomaliyalardan, 3,5 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 1,7 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,7 foizi - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 4,9 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
LiveBarchasi