2020 yilda O‘zbekistonda qancha oltin koni ochilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2020 yil boshidan beri 150 ta yangi kon davlat balansiga olindi. Ularning orasida oltin va uran konlari ham bor. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo‘yicha taqdimot bilan tanishish chog‘ida aytib o‘tildi.

Geologik ilm-fanni tiklash va zamonaviy kadrlar tayyorlashga zamin yaratildi. Xususan, Geologiya fanlari universiteti tashkil etilib, uning tarkibiga 4 ta ilmiy-tadqiqot instituti birlashtirildi.

Zamonaviy burg‘ilash va laboratoriya uskunalari olib kelindi. Buning natijasida burg‘ilash unumdorligi 2019 yilga nisbatan 25 foiz oshdi. Jumladan, rudadagi elementlarni aniqlash ko‘lami 40 tadan 63 tagacha ko‘paydi.

Yil boshidan buyon 150 ta yangi kon davlat balansiga olindi. Oltin, kumush, uran, mis, molibden resurslari va zaxiralari ko‘paydi. Jumladan, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi Kuljuktov hamda Auminzotov tog‘lari hududida 3 ta oltin, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hamda Jizzax viloyati Arnasoy tumanida 2 ta uran koni aniqlandi.

Shuningdek, 32 ta geologiya-kon zaxirasi xalqaro JORC standartlariga o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida 155 ming gektar maydonda tezkor gidrogeologik izlanishlar olib borildi. Suv tanqis hududlarda sutkasiga qo‘shimcha 90 ming kubometr ta’minlaydigan suv zaxiralari tasdiqlandi, deyiladi ma’lumotda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev oltin geologiya

Baholaganlar

223

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing