2020 yilda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish ko‘paydi
Jamiyat
−
22 yanvar 2021
4215Respublikada 2020 yil yanvar-dekabr oylarida jami 4163 dona yuk avtomobillari i shlab chiqarildi. Yuk avtomobillari ishlab chiqarish sanoatida ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,7 foizga pasaygan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Shuningdek, 2020 yilda eng yuqori ishlab chiqarish sur’ati dekabr oyida kuzatilib, 437 donani tashkil etdi.
Respublikada 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida 642 dona avtobus ishlab chiqarilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 58,1 foizga pasaygan.
Shuningdek, 2020 yilda eng yuqori ko‘rsatkich mart oyida kuzatilib, 176 donani tashkil etgan.
Respublikada avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish sanoatida 222,4 ming dona dvigatellar ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 foiz o‘sishga erishildi.
Shuningdek, 2020 yilda eng yuqori ishlab chiqarish iyul oyida kuzatildi (24,1 ming dona).
2020 yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida, jami 673 dona traktorlar ishlab chiqarildi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 66,5 foizga kamaygan.
Shuningdek, 2020 yilda eng yuqori ishlab chiqarish aprel oyida kuzatildi (234 dona).
Shu bilan birga, ishlab chiqarish sanoatida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda yengil avtomobillar - 1,1 m., avtomobil dvigatellari - 1,1 m., avtomobil benzini - 1,4 foizga, radiatorlar, shovqin so‘ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, rul chambaraklari, rul kolonkalari va mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari - 1,1 m. ga oshdi.