2020 yilda xorijdan qancha o‘zbekistonlik muhojirning jasadi olib kelingani aytildi
Jamiyat
−
04 mart 2021
117092020 yilda xorijiy davlatlarda vafot etgan 1629 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, bu ko‘rsatkich ham O‘zbekistonning 2020 yildagi o‘limlar statistikasiga kiradi, lekin COVID-19 statistikasiga kirmaydi.
Shuningdek, dunyo bo‘ylab virus tarqalishi oqibatida mamlakatlararo chegaralar yopiq bo‘lishiga qaramasdan, 2020 yilning o‘zida xorijdan 600 ming nafardan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilgan.