2020 yilda qanday qonunlar ishlab chiqiladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 11 mayidagi “2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 278-son qarori qabul qilindi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Hujjat bilan ishlab chiqiladigan va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan dastur tasdiqlandi. Mas’ul vazirlik va idoralarga loyihalarni tayyorlash reja-grafiklarini tasdiqlash topshirilgan.

2020 yil oxirigacha 24 ta qonun loyihasi, xususan, “Transport to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”, “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”, “Kichik va o‘rta biznes to‘g‘risida”, “Savdo to‘g‘risida”gi qonunlar, Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihalari tayyorlanishi va kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Qonun loyihalarining sifatli tayyorlanishi, muhokama qilinishi, ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing