2020 yilda qancha turar-joy foydalanishga topshirildi?
Jamiyat
−
22 yanvar 2021
23632020 yil davomida respublika bo‘yicha jami 61,3 mingta yoki 12,7 mln. kv.m turar-joy foydalanishga topshirildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Turar-joylarning asosiy qismi, ya’ni 90,3 foizini uy xo‘jaliklari tomonidan yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joylar tashkil etdi.
Namunaviy loyihalar asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan turar-joylar ulushi 4,8 foizini, qolgan 4,9 foiz turar-joylar boshqa yuridik shaxslar tomonidan qurilgan.
Jismoniy shaxslar tomonidan bunyod etilgan turar-joylarning 68,2 foizi hamda namunaviy loyihalar asosida qurib foydalanishga topshirilgan turar-joylarning 82,3 foizii qishloq joylarda qurilgan.