2020 yilda is gazidan o‘lganlar qariyb ikki baravarga ko‘paygan

Jamiyat

image

2020 yilda 70 ta is gazidan zaharlanish holatlari sodir bo‘lib, jarohat olganlar soni 66 tani, vafot etganlar soni 91 tani tashkil qilgan. Bu haqda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Viloyatlar kesimida olinganda, is gazidan zaharlanish holatlari bo‘yicha “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filialida 6 tani, “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filialida 3 tani, “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida 3 tani, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialida 2 tani tashkil qiladi.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning aksariyati gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida ro‘y bermoqda.

Misol uchun, 2020 yil 4 dekabr kuni soat 21-15 larda Yunusobod tumani Injobod ko‘chasi 61 uyda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida ushbu xonadonda ijarada yashagan 5 nafar talaba is gazidan zaharlanib vafot etgan bo‘lib, yarim yerto‘lada o‘rnatilgan AOGV-11,6 rusumli suv isitish qozonni dudburoni nosozligi natijasida ushbu baxtsiz hodisa ro‘y berganligi aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda 31 ta is gazidan zaharlanish sodir bo‘lib, jarohat olganlar soni 21 tani, vafot etganlar soni 50 tani tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

is gazi

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing