2020 yilda AQSHda o‘lim bo‘yicha rekord o‘rnatildi
Olam
−
23 dekabr 2020
6201AQSHda 2020 yildagi o‘limlar soni, koronavirus tufayli vafot etganlar bilan birga uch milliondan oshgan. Bu o‘lim bo‘yicha butun mamlakat tarixidagi rekord hisoblanadi. Bu haqda "Associated Press"ga asoslanib ma’lumot berilgan.
Ta’kidlanishicha, 2019 yilda AQSHda 2,8 million kishi vafot etgandi. Bu 2020 yilda kutilgan darajadan 15 foiz yoki 400 mingga kam hisoblanadi.
Agar prognozlar ro‘yobga chiqsa, unda AQSHdagi o‘limlar soni Birinchi jahon urushi tufayli 46 foizga oshgan 1918 yildan buyon eng katta ko‘rsatkich bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, koronavirus tarqalishi bo‘yicha AQSH dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 18,3 million odam infeksiyani yuqtirgan. 323 mingdan ko‘p bemor vafot etgan.
LiveBarchasi