2020 yil uchun dunyodagi eng yaxshi shahar nomi e’lon qilindi

Olam

image

Hayot uchun eng yaxshi megapolis nomi ma’lum qilindi. Reytingni "Resonance Consultancy" mutaxassislari tuzdilar. Ro‘yxat kompaniya veb-saytida e’lon qilindi. 

Reyting bo‘yicha eng yaxshi shahar London bo‘ldi. Dunyoning eng yaxshi shaharlari reytingining keyngi o‘rinlarida Nyu-York, Parij va Tokio joylashdi. 

Reyting tuzish uchun mutaxassislar mahalliy aholi va tashrif buyuruvchilarning baholarini hisobga olgan holda tadqiqot o‘tkazdilar. Shuningdek, ular xavfsizlik va ish haqi darajasi, ta’lim muassasalari, restoran va do‘konlar, infratuzilma va diqqatga sazovor joylarning mavjudligi, hamda shaharning ijtimoiy tarmoqlarda va ob-havo saxifalarida mashhurligini hisobga olganlar.

Reyting bir milliondan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlar orasida tuzilgan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Parij Tokio

Baholaganlar

141

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing