2020 yil eng ko‘p qaysi sohada kadrlar almashgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
29 dekabr 2020
10511“Yuksalish” umummilliy harakati 2020 yil O‘zbekistonda mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarida amalga oshirilgan tayinlovlar va ularning qaysi sohada ko‘proq kuzatilgani borasida infografikasini taqdim etdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda eng ko‘p kadrlar almashinuvi Hukumat tarkibida kuzatilib, joriy yilda 14 ta tayinlov amalga oshirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasida beshta, elchilar orasida beshta, mahalliy boshqaruv organlarida to‘rtta, Parlamentda ikkita va sud tizimida bitta tayinlov amalga oshirilgan.
Joriy yilda yuqori lavozimga tayinlangan ayollar soni uch nafarni tashkil etgan. Xususan, Feruza Mahmudova O‘zbekistonning Isroildagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga loyiq ko‘rilgan. Bundan tashqari, Shahlo Turdiqulova Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari, Umida Tuxtasheva esa Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan.