2019 yilgi saylovda 3,5 million dollar samarasiz ishlatilgan – MSK
Jamiyat
−
05 noyabr 2020
45082019 yil 22 dekabr kuni “Yangi O‘zbekiston – Yangi Saylovlar” shiori ostida qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman kengashlariga saylovlar o‘tkazilgan edi.
Markaziy saylov komissiyasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilgi saylovlarda uch yarim million AQSH dollari samarasiz tuzilmalar uchun sarflangan. Bu mablag‘ okrug saylov komissiyalari a’zolariga ish haqi sifatida to‘langan edi.
Gap shundaki, saylovlarda xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi Okrug Saylov Komissiyalari samarasiz va ortiqcha tuzilma ekanligi ayon bo‘ldi. Ko‘p hollarda har bir okrukka 1-3 ta uchastka to‘g‘ri keladi. Ularning saylov kompaniyasidagi faoliyati faqat ushbu uchastkalar doirasida cheklanadi.
Endilikda Markaziy Saylov Komissiyasi tomonidan Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi OCKlarning vakolatlarini tuman va shahar saylov komissiyalariga o‘tkazib foydasiz, deb topilgan tuzilmani tugatish taklif etilmoqda.
Karim ZARIPOV
LiveBarchasi