2019 yildagi parlament saylovida asl raqobat bo‘lmadi – YeXHT

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2019 yil o‘tkazilgan parlament saylovlari takomillashtirilgan qonunchilik va mustaqil fikrlarga chidamlilik bilan o‘tkazildi. Biroq asl raqobatni namoyish qilish va saylovdagi protseduralarga to‘liq rioya qilishga erishilmadi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YeXHT DIIHB) 2019 yilning 22 dekabr kuni o‘tkazilgan saylov yuzasidan yakuniy hisobotida shunday deyiladi.

Yakuniy xulosada O‘zbekistondagi parlament saylovlari o‘tkazilayotgan islohotlar va ko‘p sonli fuqarolar tashabbuslari uchun imkoniyatni kengaytirishda davom etish kerakligini ko‘rsatgani ta’kidlangan.

Bu hujjatda O‘zbekistonda saylovlar o‘tkazishni kelajakda yanada yaxshilash uchun 32 ta tavsiya berilgan. Ularda saylov o‘tkazish talablarini YeXHT va boshqa xalqaro tashkilotlarning demokratik saylov bo‘yicha majburiyat va standartlariga moslashtirishga chaqirilgan.

Asosiy tavsiyalar quyidagilardan iborat:

•    siyosiy partiyalarning tuzilishi va faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi nomutanosib va diskriminatsion (kamsituvchi) huquqiy normalarni bekor qilish;

•    uyushmalar erkinligi to‘g‘risidagi qonunlarni sharhlash va amalga oshirish plyuralizmni rivojlantirishga yordam beradi;

•    siyosiy va fuqarolik birlashmalari, yig‘ilishlar va so‘z erkinligi to‘g‘risidagi qonunlarni demokratik tamoyillarga moslashtirish;

•    so‘z erkinligini to‘liq himoya qilish va jurnalistlar uchun ma’mulotlardan teng foydalanishni ta’minlash uchun ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunlarni qayta ko‘rib chiqish;

•    fuqarolik birlashmalari va nodavlat tashkilotlarga saylov jarayonini mustaqil o‘rganish huquqini berish;

•    har bir okrug va saylov uchastkasi bo‘yicha saylovlarning dastlabki va yakuniy natijalarini o‘z vaqtida e’lon qilish orqali shaffoflikni oshirish;

•    bir saylovchining bir necha marta va boshqa birovning o‘rniga ovoz berishi kabi surunkali va jiddiy muammoga barham berish bo‘yicha harakatlarni  kuchaytirish;

•    ovozlarni hisoblash jarayonida halollik va sodiqni ta’minlash;

•    saylov natijalarini ongli ravishda qalbakilashtirganlarni ta’qib qilish.

Shuningdek, Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish va muomalaga layoqatsiz shaxslarga ovoz berish huquqini taqdim etish, saylovoldi tashviqoti davrida tashviqot mitinglarini o‘tkazish uchun ruxsat berish tartibini bekor qilib, o‘rniga xabardor qilish tartibini o‘rnatish, partiyalar va nomzodlarni xususiy mablag‘lardan moliyalashtirishga ruxsat berish, partiyalarning moliyaviy hisobdorlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, YeXHT DIIHB 2019 yilning 25 noyabr kuni O‘zbekistondagi saylovlarni kuzatib borish uchun missiyasini jo‘natgandi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov EXHT

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing