2019 yilda O‘zbekistonda neft va gaz ishlab chiqarish kamaydi

Jamiyat

image

2019 yilda O‘zbekistonda neft, tabiiy gaz va gaz kondensati ishlab chiqarish miqdori kamaydi. Dalvat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Unga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 698,6 ming tonna neft ishlab chiqarilgan. 2018 yilda bu ko‘rsatkich 745,7 ming tonnani tashkil etgan.

Tabiiy gaz qazib olishda ham sezilarli kamayish kuzatilgan. Xususan, 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 59 460 mln kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilgan. 2018 yilning mos davrida ayni ko‘rsatkich 60 396,5 mln kub metrni tashkil etgan.

Shuningdek, gaz kondensati qazib olishda ham pasayish kuzatilgan. O‘tgan yilning 12 oyi davomida 2098,3 ming tonna gaz kondensati qazib olingan. 2018 yilda bu mahsulotdan 2145,7 ming tonna ishlab chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz neft'

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing