2019 yilda nechta qonun loyihasi ishlab chiqilishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
12 fevral 2019
7170Hukumat qarori bilan 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi tasdiqlandi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.
Dasturga ko‘ra, 2019 yilda jami 38 ta qonun loyihasining ishlab chiqilishi belgilangan bo‘lib, shundan 15 tasi amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq.
Jumladan, dasturga muvofiq 2019 yilda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”, “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, Adliya vazirligiga Dastur ijrosining monitoring qilib borish vazifasi yuklandi.
LiveBarchasi