2019 yilda majburiy mehnat ortidan undirilgan jarima 1 mlrd so‘mga yaqinlashdi
Jamiyat
−
11 dekabr 2019
3735Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekistonda 259 ta majburiy mehnat holati aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, majburiy mehnat holatlari bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga asosan 772 mln so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanilgan.
Majburiy mehnatga jalb qilish holatlarining 141 tasi paxta yig‘im-terim mavsumida sodir etilganligi aniqlangan.
LiveBarchasi