Fuqaro soxta 3 ming AQSH dollari bilan qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
12 iyun 2019
5145Toshkent shahrida fuqaro soxta 3 ming AQSH dollari bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda, fuqaro A.X.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, chet el fuqarosi A.V. fuqaro A.X.dan xarid qilgan 3 dona “Iphone Xs Max” rusumli uyali aloqa telefon apparatlari uchun bergan 3.025 AQSH dollaridan 3.000 AQSH dollari qalbaki ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi