2015 yilgi “Parij terakti” tergov ishlari million sahifaga yetdi
Olam
−
18 mart 2020
52442015 yil Fransiyada sodir etilgan terakt bo‘yicha tergov ishlari yakunlandi va ish sudga oshirildi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tergov davomida 472 jildda bir millionga yaqin sahifa to‘plangan. Ayblovlar ro‘yxati 348 sahifani o‘z ichiga oladi. Terakt sodir etishda gumonlangan 20 kishi ustida tergov olib borilgan.
Barcha e’tibor Saloh Abdusalomga qaratildi. Chunki u terakt sodir etgan guruh a’zolaridan tirik qolgan yagona shaxs hisoblanadi. Saloh 2016 yil mart oyida Bryusselda qo‘lga olingan va boshqa o‘n nafar sudlanuvchi kabi hibsda saqlanmoqda. Yana uch nafar aybdor “sud nazorati ostida”, olti nafari sirtdan hibsga olingan. Maxsus xizmatlarning ma’lumotlariga ko‘ra, sirtdan hibsga olinganlarning ba’zilari Bryusseldagi teraktlarda ishtirok etgan va ayni damda o‘lgan bo‘lishi ham mumkin.
Fransiyada keng tarqalgan koronavirus sababli barcha sud muhokamalari bekor qilindi, shuning uchun jarayon qachon boshlanishi noma’lum bo‘lib qolmoqda. Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, jarayon monumental bo‘ladi. Prokuratura 1765 jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan ayblov kiritgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2015 yilning 13 noyabr kuni terrorchilar tomonidan "Bataklan" konsert zali, Parijdagi barlarda va “Stad-de-Franc” stadioni yaqinidagi portlashlar sodir etildi. Unda 130 kishi halok bo‘lgan, 300 dan ortiq kishi jarohatlangandi.