2000 yildan beri transferlardan eng ko‘p daromad topgan klublar e’lon qilindi
Sport
−
05 avgust 2022
7319Turinning (Italiya) “Yuventus” klubi 2000 yildan beri futbolchilar sotuvidan eng ko‘p daromad qilgan jamoa deb topildi. Ya’ni, turinliklar asr boshidan buyon futbolchilarini transfer qilish orqali 1,579 milliard yevro ishlagan. Bu haqdagi reytingni Germaniyaning “Transfermarkt” portali e’lon qildi.
Hayratlanarli jihati shundaki, kuchli uchlikdan Portugaliyaning ikki klubi o‘rin egallagan. “Benfika” ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, “Portu” uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
Madridning “Real” klubi 1,345 milliard yevrolik transfer daromadi bilan beshinchi o‘rin band etib turibdi. “Los blankos”ning asosiy raqibi “Barselona”ga ushbu reytingning sakkizinchi pog‘onasi nasib qilgan.
2000 yildan beri futbolchilar sotuvidan eng ko‘p daromad ko‘rgan 15 ta klub bilan tanishing:
1. “Yuventus” – 1,579 milliard yevro;
2. “Benfika” – 1,408 milliard yevro;
3. “Portu” – 1,355 milliard yevro;
4. “Chelsi” – 1,350 milliard yevro;
5. “Real Madrid” – 1,345 milliard yevro;
6. “Monako” – 1,343 milliard yevro;
7. “Inter” – 1,334 milliard yevro;
8. “Barselona” – 1,318 milliard yevro;
9. “Atletiko” – 1,257 milliard yevro;
10. “Roma” – 1,137 milliard yevro;
11. “Liverpul” – 1,110 milliard yevro;
12. “Borussiya” Dortmund – 1036 milliard yevro;
13. “Ayaks” – 1,004 milliard yevro;
14. “Sevilya” – 975 million yevro;
15. “Lion” – 963 million yevro.
Avvalroq, Angliyaning “Goal” nashri tomonidan futbol tarixidagi eng qimmat xaridlar ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi